Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ezzalzuli «Barselona»ga qaytadimi?

Ezzalzuli «Barselona»ga qaytadimi?

Baho:
+ | -

Kataloniyaliklar tarkibni kuchaytirish uchun kutilmagan variant topishdi. «Betis» safida to‘p tepayotgan Abde Ezzalzuli «Barselona»ning transfer maqsadlari qatoridan joy oldi. Bu haqda jurnalist Ramon Fuentes xabar bermoqda.

Abdening «Barselona»ga ehtimoliy transferi 60 million yevroga baholanmoqda — aynan shuncha miqdordagi tovon puli o‘yinchining shartnomasida ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, «Betis» o‘z yulduzini «Barselona»ga qo‘yib yuborishni istamayapti.

Ta’kidlash joizki, «Barselona» Abdega bo‘lgan huquqlarning 20 foizini o‘zida saqlab qolgan. Avvalroq futbolchi kataloniyaliklar klubiga tegishli bo‘lgan.

Kiritildi: 16:31, 14.05.2026.
O'qildi: 1262 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик