Shvesiya terma jamoasi va «Barselona» klubi hujumchisi Runi Barjining nima sababdan Jahon chempionati qaydnomasiga kiritilmagani oydinlashdi. Insayder Leonardo Bertossining ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, bunga futbolchining terma jamoa ichidagi nomaqbul xulq-atvori sabab bo‘lgan.
Voqea Shvesiya terma jamoasining JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani munosabati bilan tashkil etilgan rasmiy kechki ovqat paytida yuz bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Barji saralashning hal qiluvchi bahslarida maydonga tushmaganidan qattiq norozi bo‘lgan.
Xususan, u Ukrainaga qarshi o‘tish o‘yinida (3:1) zaxirada qoldirilgani va Polsha bilan final bahsida (3:2) hatto qaydnomaga ham kiritilmagani uchun jamoadoshlari va murabbiylar shtabi oldida yomon kayfiyat namoyish etgan. Hujumchi «Barselona»dek klubda o‘ynashiga qaramay, terma jamoada imkoniyat berilmayotganidan noroziligini ochiq bildirgan.
Manbaning ta’kidlashicha, futbolchining bunday xatti-harakati jamoadagi muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatgan va bosh murabbiy uni mundialga olib ketmaslikka qaror qilgan.













