Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ildar Sakayev: "Ertaga rahbariyat bilan bu vaziyatdan qanday chiqib ketish borasida gaplashib olamiz"

Ildar Sakayev: "Ertaga rahbariyat bilan bu vaziyatdan qanday chiqib ketish borasida gaplashib olamiz"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan "Mash’al" — "So‘g‘diyona" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Ildar Sakayev fikrlarini bildirdi.

"Nima ham deyish mumkin? Vaziyatlardan samara chiqara olayotganimiz yo‘q. Bizga esa tushunarsiz gollar kirib ketdi. Ochig‘i murabbiylik faoliyatimda bunday holatga birinchi marotaba duch kelyapman. Ishonsangiz o‘yindan oldingi ko‘rsatma 10 daqiqa bo‘ldi. Yigitlarga biz uyda, muxlislarimiz qarshisida o‘ynayapmiz, mana tarkib, ular uchun o‘ynang dedim. Harakat qildik, lekin yetarli bo‘lmadi. Futbolchilar ishonchni yo‘qotib qo‘yishgan. Barchalari yosh bola emas, katta futbolchi. Hamma gap ruhiyatda qolmoqda",— deydi Ildar Sakayev.

— Humoyun Murtozayevning jismoniy holati bugungi o‘yinga tayyor emasdek ko‘rindi...

— Humoyun astoydil harakat qildi. U katta hajmdagi ishni bajaryapti. Faqat gol urish kerak. G‘alaba orqali qolgan ishlar ham o‘nglanadi. Ishonch qaytadi. Yana qaytaraman ruhiyat borasida muammolar bor. Ertaga rahbariyat bilan bu vaziyatdan qanday chiqib ketish masalasini gaplashib olamiz. Kurash oxirigacha davom etadi. Muborakda futbolni yaxshi ko‘rishadi, shuning uchun bugun muxlislar tashrif buyurishdi.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 23:04, 14.05.2026.
O'qildi: 163 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик