Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Real Madrid» himoyachisi APLga ko‘chib o‘tishi mumkin

«Real Madrid» himoyachisi APLga ko‘chib o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi chap qanot himoyachisi Fran Garsiya mavsum yakunlanganidan so‘ng jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, qishki transfer oynasi vaqtida, ya’ni yanvar oyida «Real» rahbariyati Garsiyaning «Bornmut» klubiga ijaraga o‘tishini bloklab qo‘ygan edi. Biroq futbolchi yozda yana ketishga harakat qilib ko‘rmoqchi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 26 yoshli ispaniyalik himoyachi faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirish variantlarini o‘rganmoqda.

Shunday bo‘lsa-da, «Real»ning asosiy himoyachisi Ferlan Mendining jiddiy jarohat olgani Fran Garsiyaning Madriddagi taqdirini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Jamoadagi kadrlar muammosi sababli klub uni qo‘yib yubormasligi ehtimoli bor.

Joriy mavsumda Fran Garsiya «qaymoqranglilar» safida barcha turnirlarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning «Real» bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 12 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:19, 15.05.2026.
O'qildi: 533 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик