«Everton» klubi sardori Sheymus Koulmen joriy mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etadi.
37 yoshli irlandiyalik himoyachi «irislar» sharafini 2009 yildan buyon — naqd 17 yil davomida himoya qilib keldi. Endilikda unda «Everton» tuzilmasida murabbiy sifatida qolish yoki boshqa klubda futbolchilik faoliyatini davom ettirish imkoniyati bor.
Koulmen «Everton» safida Angliya Premyer-ligasida (APL) eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi hisoblanadi — uning hisobida 372 ta uchrashuv mavjud.
Agar o‘ng qanot himoyachisi yakshanba kuni «Sanderlend»ga qarshi kechadigan mavsumdagi so‘nggi uy uchrashuvida maydonga tushsa, klubdagi jami o‘yinlari sonini 434 taga yetkazadi. Natijada u «Everton» tarixida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchilar ro‘yxatida 10-o‘ringa ko‘tarilib oladi.













