Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Yunayted» Meyson Mauntni yozda sotishga yoki ijaraga berishga tayyor

«Manchester Yunayted» Meyson Mauntni yozda sotishga yoki ijaraga berishga tayyor

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» klubida barqaror o‘yin amaliyoti yetishmasligidan aziyat chekayotgan ingliz yarim himoyachisi Meyson Maunt jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Teamtalk jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, «qizil iblislar» rahbariyati agar yaxshi taklif tushsa, yozgi transfer oynasida 27 yoshli futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor. Mankunianliklar futbolchini kelasi mavsum uchun ijaraga berib yuborishlari ham istisno etilmayapti. Mauntni o‘z safiga qo‘shib olishga APL yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan «Koventri» klubi qiziqish bildirmoqda. Ushbu jamoani Londonning «Chelsi» klubi sobiq ustozi Frenk Lempard boshqarmoqda.

Meyson joriy mavsumda 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yarim himoyachi o‘z hisobiga uchta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 11:24, 16.05.2026.
O'qildi: 749 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик