16 may kuni Bundesliganing 34-turi doirasida «Bavariya» o‘z maydonida «Kyoln»ni qabul qildi. Uchrashuvda myunxenliklar 5:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Hujumchi Garri Keyn esa o‘z hisobiga 3 ta gol yozib qo‘ydi. Angliyalik futbolchi joriy mavsum Bundesligada jarima maydoni tashqarisidan 5 ta gol urdi va shu orqali klub rekordini takrorladi. Bu ko‘rsatkich 2005/2006 yilgi mavsumda Mixael Ballak tomonidan o‘rnatilgan edi.













