Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Yunayted» Kazemiro bilan chiroyli xayrlashishni rejalashtirmoqda

«Manchester Yunayted» Kazemiro bilan chiroyli xayrlashishni rejalashtirmoqda

Baho:
+ | -

Bugun Kazemiro «Manchester Yunayted» tarkibida «Old Trafford» stadionidagi o‘zining so‘nggi uchrashuvini o‘tkazadi. Braziliyalik futbolchi mavsum yakunida klubni erkin agent maqomida tark etadi, bu haqda shu yilning boshidayoq ma’lum bo‘lgan edi.

Taniqli jurnalist Sam C xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» muxlislaridan Kazemiroga hurmat bajo keltirish uchun yakshanba kungi «Nottingem Forest»ga qarshi bahs boshlanishidan avvalroq stadiondagi joylarini egallash so‘ralgan. Fan-tribunada yarim himoyachiga bag‘ishlangan ulkan banner yoziladi.

Bundan tashqari, Kazemiro bilan o‘yin tugaganidan keyin ham xayrlashiladi, shundan so‘ng bosh murabbiy Maykl Kerrik stadionga yig‘ilgan tomoshabinlar qarshisida nutq so‘zlaydi. «Manchester Yunayted» va «Nottingem Forest» o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi.

Kiritildi: 10:24, 17.05.2026.
O'qildi: 529 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик