Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xabi Alonso «Chelsi»da taktikani o‘zgartiradi

Xabi Alonso «Chelsi»da taktikani o‘zgartiradi

Baho:
+ | -

«Chelsi» yaqin vaqt ichida Xabi Alonsoning bosh murabbiy lavozimiga tayinlanganini rasman e’lon qiladi. Ispaniyalik mutaxassis «ko‘klar» bilan to‘rt yillik shartnoma imzolab bo‘ldi. Kelishuv iyul oyidan boshlab kuchga kiradi.

Sky Sports bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi murabbiy qo‘l ostida jamoa uchta markaziy himoyachidan iborat taktik sxemaga bog‘lanib qolmaydi. Uchta himoyachidan iborat format Alonso nomi bilan hali «Bayer» davridan beri bog‘lanib kelinadi, biroq Leverkuzenda mutaxassis bunday joylashuvdan shunchaki futbolchilarning tarkibi va ularning sifatlaridan kelib chiqib foydalangan edi. Katta ehtimol bilan, «Chelsi» uning qo‘l ostida tez-tez ikkita markaziy himoyachi bilan o‘yin ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, «Bayer»dan keyin Xabi Alonso Madridning «Real» klubida faoliyat yuritdi va tayinlanganidan yetti oy o‘tib iste’foga chiqarildi.

Kiritildi: 10:26, 17.05.2026.
O'qildi: 580 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик