Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nagelsmann «Bavariya» rahbarining og‘ir ayblovlariga munosabat bildirdi

Nagelsmann «Bavariya» rahbarining og‘ir ayblovlariga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann «Bavariya» faxriy prezidenti Uli Xyonessning yaqinda qilgan bayonotiga munosabat bildirdi. Myunxen klubi boshqaruv a’zosi nemis milliy terma jamoasi ustozini tarkibni haddan tashqari ko‘p rotasiya qilayotganlikda tanqid qilib, bu bo‘lajak Jahon chempionatidagi ehtimoliy muvaffaqiyatsizlikka sabab bo‘lishini aytgan edi. Shuningdek, Xyoness 38 yoshli mutaxassisni egosentrizm (o‘ziga bino qo‘yish) va futbolchilarni ommaviy ravishda tanqid qilishda ayblagandi.

«Men Uliga nisbatan cheksiz hurmat his qilaman. U ishonib bo‘lmas muvaffaqiyatlarga erishgan va «Bavariya»ning Yevropa futboli grandiga aylanishida asosiy rolni o‘ynagan. Unda mening telefon raqamim bor va agar unda qandaydir muhim gap bo‘lsa yoki jamoa bilan ishlash bo‘yicha maslahat bermoqchi bo‘lsa, u bilan suhbatlashishdan doim xursandman», — deya avvalroq «Bavariya»ni boshqargan Nagelsmannning javobini keltiradi Bayern & Germany.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 guruh bosqichida Germaniya terma jamoasiga Kyurasao, Kot-d’Ivuar va Ekvador terma jamoalari raqiblik qiladi.

Kiritildi: 10:28, 17.05.2026.
O'qildi: 450 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик