Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mark-Andre ter Shtegen «Barselona»dan ketayotgan Robert Levandovskiga ta’sirli xayrlashuv so‘zlarini yo‘lladi

Mark-Andre ter Shtegen «Barselona»dan ketayotgan Robert Levandovskiga ta’sirli xayrlashuv so‘zlarini yo‘lladi

Baho:
+1 | -

«Barselona»ga tegishli bo‘lgan va hozirda «Jirona»da ijara asosida to‘p surayotgan darvozabon Mark-Andre ter Shtegen Robert Levandovskining jamoadan ketishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi. Shanba kuni polshalik hujumchi joriy mavsum yakunida «ko‘k-anorranglilar» safini erkin agent maqomida tark etishini e’lon qilgan edi.

«Robert (men seni odatda shunday atayman, chunki bu juda yoqimli va rasmiy yangraydi). «Barselona»da sen bilan birga o‘ynash men uchun katta sharaf bo‘ldi. Sen o‘zingning mehnatsevarliging, professionalizming va xaraktering evaziga hamma narsaga erishding. O‘zing eng yaxshi uddalaydigan ish — gol urishni davom ettir. Senga va oilangga hayotingning yangi sahifasida eng ezgu tilaklarimni tilab qolaman», — deb yozdi germaniyalik posbon o‘z ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Levandovski «Barsa» safiga 2022 yilning yozida «Bavariya»dan ko‘chib o‘tgan edi.

Kiritildi: 10:38, 17.05.2026.
O'qildi: 544 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик