Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bavariya» rahbari 58 ta gol urgan Keyn bilan yangi shartnoma imzolash rejasi haqida gapirdi

«Bavariya» rahbari 58 ta gol urgan Keyn bilan yangi shartnoma imzolash rejasi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh direktori Yan-Kristian Drizen hujumchi Xarri Keyn haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Ma’lumki, Myunxen klubi ingliz futbolchisi bilan shartnoma muddatini uzaytirishni istamoqda. Amaldagi kelishuv keyingi yilning yozida yakuniga yetadi va forvardning nomi Premyer-ligaga qaytish bilan bog‘liq mish-mishlarda tilga olinishda davom etmoqda.

«Xarrining agenti — uning akasi. Uning otasi ham ishlarni yuritishda yordam beradi. Biz ular bilan yaxshi munosabatdamiz. Xarri va uning oilasi Myunxenda o‘zlarini juda qulay his qilishmoqda. Umid qilamanki, biz keyingi mavsumdan keyin ham hamkorlikni davom ettiramiz», — deya Drizenning intervyusidan iqtibos keltiradi Bayern & Germany nashri.

Eslatib o‘tamiz, Keyn yakuniga yetgan Bundesliga mavsumida 36 ta gol bilan eng yaxshi to‘purarga aylandi. Umumiy hisobda esa 32 yoshli futbolchi joriy mavsumda Vensan Kompani jamoasi safida 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 58 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 12:20, 17.05.2026.
O'qildi: 439 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик