Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Siti» Dani Olmoga xaridor

«Manchester Siti» Dani Olmoga xaridor

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Dani Olmo faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Fichajes nashrining xabariga ko‘ra, «Manchester Siti» ispaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. «Shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Olmoni shu yozda jamoani erkin agent sifatida tark etadigan Bernardu Silvaning o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda.

Dani Olmo 2024 yilda «RB Leypsig»dan «Barselona»ga 61 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi «ko‘k-anorranglilar» safinda barcha turnirlarda 47 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Olmoning transfer qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:15, 17.05.2026.
O'qildi: 1217 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик