Bundan bir oy oldin Lionel Messi futbol klubi xo‘jayiniga aylanishga qaror qilgani va Ispaniya futbolining to‘rtinchi kuchli ligasida ishtirok etuvchi «Kornelya» jamoasini sotib olgani haqida xabar bergan edik.
Endilikda uning klub yangi egasi sifatidagi ilk muvaffaqiyati ham ma’lum bo‘ldi — Messi jamoa uchun yangi moliyaviy homiy topdi. Bu Ispaniya moliyaviy xizmatlar bozorining yirik ishtirokchisi hisoblangan MyInvestor bankidir.
Qizig‘i shundaki, Messi ushbu klubni sotib olgan vaqtdan boshlab, qidiruv tizimlaridagi so‘rovlar soniga ko‘ra «Kornelya» Ispaniyada mashhurlik bo‘yicha beshinchi jamoaga aylandi. Eslatib o‘tamiz, Messi klubning yagona xo‘jayini hisoblanadi — u «Kornelya» aksiyalarining 100 foizini sotib olgan edi.













