Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gibbs-Uayt APL joriy mavsumidagi 1000-gol muallifi bo‘ldi

Gibbs-Uayt APL joriy mavsumidagi 1000-gol muallifi bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Nottingem Forest» klubi hujumkor yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uaytning goli APLning joriy mavsumidagi 1000-gol bo‘ldi. Bu haqda OptaJoe nashri xabar bermoqda.

«Nottingem Forest» va «Manchester Yunayted» klublari o‘rtasidagi uchrashuv 2:3 hisobida yakunlandi. Mavsum tugashiga bir tur qolganda «Nottingem» 43 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda va yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishi mumkin, «Manchester Yunayted» esa 3-o‘rinni naqd qilib bo‘lgan.

Angliya chempionati ketma-ket 11-mavsumdirki 1000 ta urilgan gollar dovonidan o‘tmoqda. Bu seriya turnir tarixidagi eng uzoq davom etayotgan seriyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Avvalroq Gibbs-Uayt APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi unvoniga nomzod qilib ko‘rsatilgani ma’lum bo‘lgan edi.

Kiritildi: 16:35, 18.05.2026.
O'qildi: 443 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик