Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Flik «Barselona» bilan shartnomani yangilaganiga munosabat bildirdi

Flik «Barselona» bilan shartnomani yangilaganiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Dushanba kuni «Barselona» bosh murabbiy Xans-Diter Flik bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. Germaniyalik mutaxassis 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan yangi mehnat bitimiga imzo chekdi. Unda hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirish opsiyasi (huquqi) ham ko‘zda tutilgan.

Shartnoma uzaytirilganidan so‘ng Flik o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

«Men har kuni klubning, murabbiylar shtabining, futbolchilar va muxlislarning ehtirosini his qilaman. Bu aql bovar qilmas darajada. Men uchun bu juda ham alohida ahamiyatga ega. Biz birgalikda ko‘plab ajoyib lahzalarni baham ko‘rdik, biroq menda hali ham yangi zafarlarga chanqoqlik bor — ko‘proq sovrinlar yutishni xohlayman. Ishonch uchun rahbariyatga minnatdorchilik bildiraman. Men juda baxtliman», — deya Flikning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda AS nashri.

Xans-Diter Flik boshqaruvidagi ikki mavsum davomida «Barselona» Ispaniya ichki arenasida jami beshta sovrinni qo‘lga kiritdi — ikki bor La Liga chempionligi, bir marta mamlakat Kubogi va ikki bor Superkubok.

Kiritildi: 22:01, 18.05.2026.
O'qildi: 190 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик