«Real» darvozaboni Tibo Kurtua Daniel Karvaxalning jamoadan ketayotganiga munosabat bildirdi. Bugun madridliklar 34 yoshli himoyachi mavsum yakunida klubni tark etishini rasman e’lon qilishgan edi.
«Jangchi, g‘olib va eng muhimi — aql bovar qilmas sherik. Sen maydonda haqiqiy afsona eding, ammo undan tashqarida ham barchaga namuna bo‘lding. Kim ekanligingni isbotlash uchun necha bor yiqilish kerak bo‘lsa, shuncha yiqilding va qayta oyoqqa turding. Va sen har safar yanada kuchliroq bo‘lib qaytding. Seni boshqalardan ajratib turadigan jihat ham aynan mana shunda.
Mening faoliyatimdagi eng og‘ir damlarda sen yonimda bo‘lding, xuddi men sening yoningda bo‘lganimdek. Biz birga azob chekdik, jang qildik va birgalikda cho‘qqilarni (osmonlarni) zabt etdik. Bu xotiralar esa abadiy qoladi.
Sen bilan bir kiyinish xonasini baham ko‘rish va birga to‘p surish men uchun sharaf edi. Biroq futbol tugaganida, insoniylik qoladi.
Hammasi uchun rahmat, Dani», — deb yozib qoldirdi Kurtua.













