Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Daniel Karvaxal 24 yildan so‘ng «Real»ni tark etishiga munosabat bildirdi

Daniel Karvaxal 24 yildan so‘ng «Real»ni tark etishiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi himoyachisi va sardori Daniel Karvaxal jamoani mavsum yakunida erkin agent sifatida tark etishi haqida fikr bildirdi.

Ispaniyalik futbolchi «qaymoqranglilar» libosidagi suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylab, unga qisqa izoh qoldirdi.

— Men bu klub uchun bor kuchimni berganimni bilib, qalbim to‘lib va abadiy faxr hissi bilan ketmoqdaman, — deb yozdi Karvaxal.

Daniel Karvaxal «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U madridliklar safida jami 450 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol va 65 ta assist qayd etgan.

«Qirollik klubi» safida himoyachi 27 ta sovrin qo‘lga kiritgan bo‘lib, bu klub tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natija hisoblanadi. Karvaxal olti marta Chempionlar ligasi, besh martadan UYEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, to‘rt marta Ispaniya chempionati va mamlakat Superkubogida g‘olib chiqqan. Shuningdek, uning hisobida ikkita Ispaniya Kubogi va bitta Qit’alararo kubok ham bor.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:37, 19.05.2026.
O'qildi: 297 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик