Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Artetadan sovg‘a kutyapman»: «Bornmut» murabbiyi «Arsenal»ga chempionlikni taqdim etgan durang haqida

«Artetadan sovg‘a kutyapman»: «Bornmut» murabbiyi «Arsenal»ga chempionlikni taqdim etgan durang haqida

Baho:
+ | -

«Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraola «Arsenal» chempionlikni qo‘lga kiritganidan so‘ng, Mikel Artetadan biror sovg‘a kutyaptimi-yo‘qmi — ushbu savolga javob berdi.

«Kanonirlar» APL 37-turida «Bornmut»ning «Manchester Siti» bilan durang o‘ynaganidan (1:1) keyin muddatidan oldin chempionlikni naqd qilishgan edi.

«Biror sovg‘a olsam, juda zo‘r bo‘lardi! Telefonimni hali tekshirib ko‘rmadim — har holda bitta bo‘lsa ham xabar yoki shunga o‘xshash nimadir kelgan bo‘lishi kerak. Ammo bu faqatgina mana shu o‘yin tufayli sodir bo‘lgani yo‘q. Ular baribir bu masalani o‘zlari hal qilishgan bo‘lardi.

Men u (Arteta) uchun xursandman, chunki u aql bovar qilmas ishni amalga oshirdi. So‘nggi bir necha mavsumda ular juda barqaror o‘yin ko‘rsatishdi va ba’zida maqsadga juda-juda yaqin kelishgandi. Ehtimol, mukofot ayni vaqtida keldi. Bundan tashqari, ular Chempionlar Ligasi finalida ham o‘ynashadi — bu shunchaki dahshat. Umid qilamanki, ular u yerda ham o‘z vazifalarini bajarishadi», – dedi Iraola.

Kiritildi: 07:28, 20.05.2026.
O'qildi: 655 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик