Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Qozog‘istonlik jurnalist Abduqodir Husanov bilan qanday uchrashganini aytib berdi

Qozog‘istonlik jurnalist Abduqodir Husanov bilan qanday uchrashganini aytib berdi

Baho:
+ | -

Qozog‘istonlik jurnalist Oljas Baybosin Angliyaga safar chog‘ida O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov bilan uchrashuvi haqidagi tafsilotlarni aytib berdi, deb xabar qilmoqda Sports.kz’ga tayanib El Sport YouTube kanali.

— Manchesterda bo‘lganimda, uning otasiga yozib, futbolchi bilan uchrashish istagim borligini aytdim. Otasiga rahmat, u kishi: «Oljas, qayerdasan?» dedi. Men: «Mehmonxonadaman», dedim. Shunda u: «Hozir Abduqodirning o‘zi oldingga boradi», dedi. Men esa: «Yo‘q, o‘zim uning oldiga boraman», dedim. U kishi esa: «Yo‘q, sen kattasiz, uning o‘zi boradi», deb javob berdi. Axir u «Manchester Siti» asosiy tarkibida o‘ynaydigan futbolchi-ku. Men: «Rahmat, aka», dedim.

Keyin u menga uch marta qo‘ng‘iroq qildi, lekin ko‘tarmadim. Oradan 40 daqiqa o‘tib, telefonga qarasam — javobsiz qo‘ng‘iroq. Qayta qo‘ng‘iroq qildim, lekin u olmadi. «Endi uchrashuv bo‘lmaydi shekilli», deb o‘yladim, chunki qo‘ng‘iroqqa javob bermagan edim.

Ertasi kuni Abduqodirning otasi yana qo‘ng‘iroq qildi: «Oljas, hammasi joyidami?» dedi. Men uzr so‘rab, rouming sabab ba’zan tarmoq ishlamayotganini, Wi-Fi topgach sizlarning qo‘ng‘irog‘ingizni ko‘rganimni aytdim.

U kishi: «Hechqisi yo‘q, demak, bugun sen turgan mehmonxonaga boradi. Bileting bormi? Sen uchun VIP bilet olib beraymi?» dedi. Men esa ish bilan kelganimni va akkreditasiyam borligini aytdim.

O‘yin tugagach, Abduqodirning o‘zi qo‘ng‘iroq qildi: «Aka, assalomu alaykum, qayerdasiz? Endi mehmonxonaga boraymi?» dedi. Men stadionda ekanimni aytdim. Joylashuvimni bilgach, u oldimga keldi, ko‘rishdik va birga suratga tushdik.

Ularga videoga tushish mumkin emas ekan, yonida doim bir menejer yurarkan. Abduqodir ham «u meni koyishi mumkin», dedi. Keyin men unga omad tiladim va u ketdi. Albatta, u yerdagi yevropalik jurnalistlar hayratda qolishdi va: «Sen kimsan?» deb so‘rashdi, — dedi Baybosin.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 11:11, 20.05.2026.
O'qildi: 424 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик