Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

«Barselona» «Arsenal»ning transfer nishonini ilib ketmoqchi

«Barselona» «Arsenal»ning transfer nishonini ilib ketmoqchi

Baho:
+ | -

Leverkuzenning «Bayer» klubi hujumchisi Kristian Kofane «Barselona» e’tiboriga tushdi. Yangi hujumchi qidirayotgan «ko‘k-anorranglilar» 19 yoshli futbolchiga «jiddiy» qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda Transfer News Live nashri Africafoot'ga tayanib.

Kamerunlik futbolchi uchun asosiy da’vogar Londonning «Arsenal» klubi hisoblanadi, shuningdek, porlayotgan yangi yulduzni «Chelsi», «Brentford», «Nyukasl» va «Bavariya» klublari ham kuzatib bormoqda. Transfermarkt portali Kofanening transfer qiymatini 40 million yevroga baholagan.

Joriy mavsumda futbolchi «dorishunoslar» safida barcha turnirlarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga yettita gol va to‘qqizta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 12:19, 20.05.2026.
O'qildi: 1437 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик