Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Frenki de Yong: «Barselona»ga to‘rtta o‘rtamiyonadan ko‘ra, bitta top-futbolist kelgani yaxshiroq»

Frenki de Yong: «Barselona»ga to‘rtta o‘rtamiyonadan ko‘ra, bitta top-futbolist kelgani yaxshiroq»

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong jamoaning shu yozda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan transferlari haqida gapirdi.

«Agar «Barselona» biror futbolchini sotib olsa, u albatta top-darajada bo‘lishi kerak. To‘g‘risini aytsam, to‘rtta o‘rtamiyona futbolchi kelgandan ko‘ra, bitta top-ijrochi kelishini afzal ko‘raman», — deya de Yongning so‘zlarini keltirmoqda The Touchline nashri.

Mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, «Barselona» yozgi transfer oynasida hujumchi va markaziy himoyachi sotib olishni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsumda Frenki de Yong barcha turnirlarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Eslatib o‘tamiz, «Barselona» La Liganing joriy mavsumida muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi. Jamoa ushbu turnirda ketma-ket ikkinchi bor zafar quchdi.

Kiritildi: 12:26, 21.05.2026.
O'qildi: 190 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик