Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Faustino Oro: “Javohir Sindorov Gukeshni mag‘lub etadi”

Faustino Oro: “Javohir Sindorov Gukeshni mag‘lub etadi”

Baho:
+ | -

Shaxmat olamining yosh yulduzi, yaqindagina grossmeyster unvonini qo‘lga kiritgan argentinalik Faustino Oro Javohir Sindorov va Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi bo‘lajak jahon chempionligi bahsi yuzasidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning fikricha, o‘zbekistonlik shaxmatchi ayni damda favorit hisoblanadi.

Oro o‘z tahlilida Gukeshning so‘nggi yillardagi natijalariga urg‘u berdi:

“Ayni damda menga Sindorov yaxshiroq o‘ynayotgandek tuyulmoqda. Albatta, Gukesh juda kuchli shaxmatchi, lekin 2025—2026 yillarda jahon chempionligini qo‘lga kiritganidan so‘ng uning o‘yinida pasayish kuzatildi. U reytingda ko‘p ochko yo‘qotdi va hozir avvalgi barqarorlikni namoyish etmayapti”.

Yosh grossmeyster Gukeshning muvaffaqiyatsizliklariga misol tariqasida “Grand Swiss” turnirini esladi:

“Masalan, o‘sha turnirda u ketma-ket uchta partiyada mag‘lub bo‘lgan edi. Biz uning potensialini yaxshi bilamiz, lekin Sindorovning Nomzodlar turniridagi 10 ochkolik natijasi va hozirgi sport formasi uni yaqqol ustun qilib ko‘rsatmoqda”.

Shu bilan birga, Oro shaxmatda oldindan bashorat qilish qanchalik xavfli ekanligini Ding Liren misolida eslatib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ding ham chempionlik bahsi oldidan yomon o‘ynayotgan edi, lekin o‘yin davomida keskin kuchayib ketgandi:

“Ding Lirenni eslang... Biz undan hech narsa kutmagan edik, chunki u ham o‘sha paytda yaxshi sport formasida emasdi. Lekin Gukeshga qarshi bahsning birinchi partiyasini yutib, deyarli chempionlikni ilib ketishiga oz qolgandi. Shuning uchun shaxmatda oldindan hech narsa deb bo‘lmaydi. Ammo hozirgi holatdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsam, men Sindorovning g‘alabasiga ishonaman”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju hamda da’vogar, o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov o‘rtasidagi bahs 2026 yilning 23 noyabridan 17 dekabriga qadar bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:21, 21.05.2026.
O'qildi: 455 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик