Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Dibala «Roma» bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi

Dibala «Roma» bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

Paulo Dibala va «Roma» klubi amaldagi shartnomani uzaytirishga juda yaqin turishibdi.

«La Gazzetta dello Sport» nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, «Roma» 32 yoshli yarim himoyachiga shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan bir yillik bitim taklif qilgan. Kelishuvga binoan, futbolchining yillik maoshi 2–2,5 million yevroni tashkil etadi, shuningdek, unda shaxsiy va jamoaviy natijalar uchun erishilishi oson bo‘lgan yirik miqdordagi bonuslar ham ko‘zda tutilgan. Shu yozda yakuniga yetadigan amaldagi shartnomasiga ko‘ra, Dibala soliqlar to‘langanidan keyin yiliga 8 million yevro maosh oladi, biroq Paulo Rim klubida qolish uchun maoshining sezilarli darajada kamayishiga rozi bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, «Roma» Dibala bilan shartnoma uzaytirilganini dushanba kuni — A Seriyaning so‘nggi turidan o‘rin olgan «Verona»ga qarshi uchrashuvning ertasigayoq rasman e’lon qilishi mumkin.

Kiritildi: 18:11, 21.05.2026.
O'qildi: 117 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик