Janubiy Afrika Respublikasi milliy futbol terma jamoasi murabbiylar shtabi 2026 yilgi jahon chempionati oldidan jamoaning kengaytirilgan tarkibini ma’lum qildi. Afrika vakilining turnir uchun yakuniy qaydnomasi 27 may kuni e’lon qilinadi.
Darvozabonlar: Ronven Uilyams, Rikardo Goss, Brendon Peterson, Sifo Cheyn.
Himoyachilar: Xuliso Mudau, Olvetxu Makxanya, Bredli Kross, Tabiso Monyane, Tabang Matuludi, Nkosinati Sibisi, Obrey Modiba, Mbekezeli Mbokazi, Ime Okon, Samukelo Kabini.
Yarim himoyachilar: Teboxo Mokoyena, Djeyden Adams, Bruklin Poggenpoyel, Leboxang Maboe, Talent Mbatxa, Yaya Sitxole.
Hujumchilar: Osuin Appollis, Tshepang Moremi, Evidens Makgopa, Layl Foster, Ikraam Reyners, Releboxil Mofokeng, Temba Zvane, Patrik Masvangani, Tapelo Morena, Tapelo Maseko, Kamogelo Sebelebele.
JCH-2026da JAR terma jamoasi A guruhida ishtirok etadi. Uning raqiblari Meksika milliy futbol terma jamoasi, Janubiy Koreya milliy futbol terma jamoasi va Chexiya milliy futbol terma jamoasi bo‘ladi.
2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatining final bosqichida 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Musobaqa 2026 yil 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.













