Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Barselona» iqtidori Jahon chempionatiga borish imkoniyati haqida gapirdi

«Barselona» iqtidori Jahon chempionatiga borish imkoniyati haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente tez orada Jahon chempionati uchun qaydnomani belgilab oladi. Mundialda «qizil furiya» sharafini himoya qiladigan futbolchilarning to‘liq ro‘yxati 25 may kuni e’lon qilinadi. Tarkibga kirishga nomzodlardan biri sifatida «Barselona» futbolchisi, hozirgacha milliy jamoada debyut qilmagan Mark Bernal tilga olinmoqda.

«Jahon chempionatiga chaqiruv haqida hech kimga oldindan xabar berishmaydi — futbolchilar buni xuddi jurnalistlar va boshqalar qatori bir vaqtda bilib olishadi. Turnirga borishingga hech qachon yuz foiz amin bo‘la olmaysan. Hozircha yoz uchun hech qanday reja tuza olmayman — qaydnoma e’lon qilinishini kutish kerak», — deya «Barca Universal» iqtidorli yarim himoyachining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 26 may kuni Mark Bernal 19 yoshini qarshi oladi. Joriy mavsumda u «ko‘k-anorranglilar» safida barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 09:14, 22.05.2026.
O'qildi: 1176 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик