Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Nunyes APLga qaytishi mumkin

Nunyes APLga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

«Al-Hilol» hujumchisi Darvin Nunyes Angliya Premyer-ligasiga qaytishi mumkin. Futbolchining xizmatlariga «Nyukasl» klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda «talkSPORT» nashri ma’lumot tarqatdi.

Manba bergan xabarlarga ko‘ra, Aleksandr Isak jamoadan ketganidan so‘ng hujum chizig‘idagi muammoni aslo hal qila olmayotgan «hakkalar» bosh murabbiyi Eddi Xau Nunyes bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda. Nunyes ««Al-Hilol» bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi va Angliyaga qaytishi kutilmoqda. Ayni damda tomonlar o‘zaro muzokaralar olib borishyapti.

Joriy mavsumda 26 yoshli urugvaylik futbolchi barcha turnirlarda bor-yo‘g‘i 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Ta’kidlab o‘tish joizki, Nunyes fevral oyidan beri maydonga tushgani yo‘q, chunki «Al-Hilol» legionerlar limitidan oshib ketgani sababli uni mavsum uchun ro‘yxatdan chiqarib tashlagan edi.

Kiritildi: 13:30, 22.05.2026.
O'qildi: 262 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик