Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Sesar Aspilikueta faoliyatini yakunlashini e’lon qildi

Sesar Aspilikueta faoliyatini yakunlashini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Sevilya» klubi himoyachisi Sesar Aspilikueta joriy mavsum uning professional faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishini e’lon qildi.

Ispaniyalik futbolchi o‘z faoliyatini «Osasuna»da boshlagan, keyinchalik «Marsel», «Chelsi» va «Atletiko» Madrid klublarida to‘p surgan edi. Uning faoliyatidagi so‘nggi jamoa «Sevilya» bo‘ldi.

Murabbiy va muxlislar Aspilikueta faoliyatining eng yorqin va asosiy davri sifatida «Chelsi»dagi 11 yillik ishtirokini e’tirof etishadi. London klubi safida u 500 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushib, jami 9 ta sovrinni qo‘lga kiritgan — ular qatorida Chempionlar ligasi, APLdagi ikkita chempionlik, Yevropa ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati bosh sovrinlari bor.

Shuningdek, Aspilikueta Ispaniya milliy terma jamoasi libosida ham 44 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Kiritildi: 13:37, 22.05.2026.
O'qildi: 660 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик