Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Kuman: «Barselona»ga Levandovskining o‘rniga kamida 20-25 ta gol uradigan hujumchi kerak»

Kuman: «Barselona»ga Levandovskining o‘rniga kamida 20-25 ta gol uradigan hujumchi kerak»

Baho:
+ | -

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi, «Barselona»ning sobiq o‘yinchisi va murabbiyi Ronald Kuman Robert Levandovskiga munosib o‘rinbosar topish haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Polshalik hujumchi mavsum yakunida erkin agent sifatida klubni tark etadi. 37 yoshli futbolchi allaqachon «Kamp Nou» muxlislari bilan xayrlashgan bo‘lib, bugungi «Valensiya»ga qarshi o‘yin uning «Barselona» libosidagi so‘nggi uchrashuvi bo‘ladi.

«Levandovski doim top-to‘purar bo‘lgan, har qanday top-klubga esa kuchli hujumchi kerak, shu bois «Barsa» yangi o‘yinchi izlashi shart. Ferran Torres yaxshi harakat qilmoqda, ammo hammasi jamoaga qanday uslubdagi forvard kerakligiga bog‘liq. Menimcha, ular bir mavsumda 20-25 ta gol ura oladigan futbolchini sotib olishlari kerak. O‘z gollari bilan jamoaga ochkolar olib keladigan hujumchi zarur», — deya Kumanning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Barca Universal.

Eslatib o‘tamiz, mish-mishlarga ko‘ra, «Barselona» ayni paytda Xulian Alvares, Joao Pedro va Garri Keyn kabi hujumchilarning nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: 13:53, 23.05.2026.
O'qildi: 686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик