Usik ijtimoiy tarmoqlarda Ronalduni Saudiya Arabistonidagi ilk sovrini bilan tabrikladi.
Aleksandr Usik Krishtianu Ronalduni «An-Nasr» safidagi ilk tituli bilan qutladi. Jamoa Saudiya Arabistoni chempionatida birinchi o‘rinni egalladi.

«Krishtianu, sen haqiqiy chempion ekaningni yana bir bor isbotlading! Seni va butun jamoani g‘alaba bilan tabriklayman! Chempionlar», – deb yozdi Usik ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.













