Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Mbappe sudda Hakimiyni himoya qildi

Mbappe sudda Hakimiyni himoya qildi

Baho:
+ | -

«PSJ» himoyachisi Ashraf Hakimiyga nisbatan qo‘yilgan zo‘ravonlik ayblovlarini olib tashlash bo‘yicha Versal sudida eshituvlar bo‘lib o‘tdi. RCM Sport xabariga ko‘ra, futbolchining jamoadoshi Kilian Mbappe ushbu ish bo‘yicha o‘z ko‘rsatmalarini bergan.

Sud hujjatlarida keltirilishicha, Mbappe voqealar rivoji haqida Hakimiydan eshitgan ma’lumotlarni bayon qilgan.

«Ashraf menga ular qiz bilan yaqin munosabatda bo‘lganini, barchasi o‘zaro rozilik asosida kechganini aytdi. U menga o‘sha kungi yozishmalarni ham ko‘rsatdi – undan ko‘rinib turibdiki, qizning o‘zi Hakimiy bilan uchrashishni istagan. Men undan hech qanday majburlov bo‘lmagani haqida so‘radim, u esa qiz tomonidan hech qanday rad javobi yoki qarshilik bo‘lmaganini ta’kidladi», – deydi Mbappe polisiyaga bergan ko‘rsatmasida.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda 24 yoshli qiz Ashraf Hakimiy unga nisbatan zo‘ravonlikka uringani haqida shikoyat qilgan edi. Qiz o‘sha kuni kechqurun taksida futbolchining uyiga borgani ma’lum qilingan. Hozirda tergov jarayoni davom etmoqda.

Kiritildi: 17:52, 23.05.2026.
O'qildi: 506 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик