Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Xames Rodriges 2017 yilda nega «Manchester Yunayted»ga emas, «Bavariya»ga o‘tganini ochiqladi

Xames Rodriges 2017 yilda nega «Manchester Yunayted»ga emas, «Bavariya»ga o‘tganini ochiqladi

Baho:
+ | -

34 yoshli yarim himoyachi Xames Rodriges «Real»dan ketish arafasida «Manchester Yunayted»ga o‘tishga yaqin bo‘lgani, biroq Karlo Anchelottining birgina qo‘ng‘irog‘i barchasini o‘zgartirib yuborganini hikoya qildi. Bu haqda futbolchi Netflix hujjatli filmida so‘zlab berdi.

Rodrigesning eslashicha, o‘sha paytda «Manchester Yunayted» bilan kelishuvga juda yaqin edi:

«Hech kim bilmaydi, ammo «Real»ni tark etgach, «Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzolashim kerak edi. Jorje Mendesh mendan «Bavariya»ga o‘tishni xohlaysanmi?» deb so‘radi. Men esa hayron bo‘lib, u yerda Riberi va Robben borligini, qayerda o‘ynashimni so‘radim. U «Karlo Anchelotti seni so‘ragan», dedi», – deydi kolumbiyalik futbolchi.

Shundan so‘ng Karlo Anchelotti shaxsan Xamesga telefon qilgan.

«Anchelottiga «Men «Manchester»ga o‘tmoqchiman», dedim. U esa «Qanaqa «Manchester»? U yer «o‘lik» (rivojlanmayapti). Sen mening jamoamga kelishing kerak», deya javob berdi. O‘ylashimcha, «Bavariya»ga o‘tish eng to‘g‘ri qaror bo‘lgan», – deya ta’kidladi Xames Rodriges.

Kiritildi: 18:28, 23.05.2026.
O'qildi: 552 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик