Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Martin «Barselona»ning mag‘lubiyati haqida: «Dahshatli o‘yin»

Martin «Barselona»ning mag‘lubiyati haqida: «Dahshatli o‘yin»

Baho:
+ | -

«Barselona» himoyachisi Jerar Martin La Liganing so‘nggi turi doirasida «Valensiya»ga qarshi o‘yindan (1:3) keyin intervyu berdi. Kataloniyaliklar 61-daqiqada Robert Levandovskining goli evaziga hisobni ochishgandi, biroq qolgan vaqt ichida o‘z darvozalaridan uchta to‘p o‘tkazib yuborib, «ko‘rshapalaklar»ga imkoniyatni boy berishdi. 

«Biz xafamiz, o‘yin dahshatli chiqdi. Hech birimiz mavsumni bunday tarzda yakunlashni xohlamagandik. Umumiy olib aytganda esa mavsum muvaffaqiyatli o‘tdi — biz ikkita sovrinni qo‘lga kiritdik. Boshida ishlarimiz unchalik yaxshi ketmayotgandi, lekin o‘zimizni o‘nglab oldik va chempionatda maqsadimizga erishdik», — dedi Martin o‘yindan keyingi intervyusida.

«Barselona» 38 tur yakunlariga ko‘ra Madridning «Real» klubini sakkiz ochkoga ortda qoldirdi.

Kiritildi: 03:34, 24.05.2026.
O'qildi: 1189 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик