Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Van Deyk APLda Jon Terrining rekordini yangiladi

Van Deyk APLda Jon Terrining rekordini yangiladi

Baho:
+ | -

«Liverpul» markaziy himoyachisi Virjil van Deyk yakuniga yetgan Angliya chempionatida noyob natija qayd etdi. «Qizillar» sardori mavsumning barcha 38 ta o‘yinida to‘liq, ya’ni almashtirilmasdan harakat qildi.

Squawka ma’lumotlariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchi Premyer-liganing bir mavsumida birorta ham daqiqani o‘tkazib yubormagan eng yoshi katta futbolchiga (34 yoshu 320 kun) aylandi. U bu borada «Chelsi»ning sobiq himoyachisi va sardori Jon Terrining 2014/15 yilgi mavsumdagi rekordini yangiladi.

Virjil van Deyk nafaqat barqaror o‘yin namoyish etdi, balki hujumda ham faol bo‘ldi: u 6 ta gol bilan APL-2025/26 mavsumining himoyachilar o‘rtasidagi eng yaxshi to‘purariga aylandi. Arne Slot boshqaruvidagi jamoa chempionatni beshinchi o‘rinda yakunladi.

Kiritildi: 12:12, 25.05.2026.
O'qildi: 390 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик