Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Xarri Keyn o‘zining sobiq jamoasi «Tottenxem»ni Angliya Premyer-ligasidagi mavsumni muvaffaqiyatli yakunlagani bilan tabrikladi.
«Klubdagi barchani, ayniqsa muxlislarni tabriklayman — so‘nggi kundagi ajoyib kurash va natija!» — deyiladi Keynning ijtimoiy tarmoqdagi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Keyn 2011 yildan 2023 yilning avgustiga qadar «Tottenxem» sharafini himoya qilgan.













