Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Zlatan Ibragimovich va Tayson Fyuri ingliz klubini sotib olishni ko‘rib chiqmoqda

Zlatan Ibragimovich va Tayson Fyuri ingliz klubini sotib olishni ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+ | -

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri va shvesiyalik sobiq futbolchi Zlatan Ibragimovich Angliyaning «Morkam» klubi egalariga aylanishi mumkin, deb xabar bermoqda The Sun.

Manbaning ta’kidlashicha, klubni sotib olish g‘oyasi ikki sportchining Polshadagi uchrashuvidan so‘ng paydo bo‘lgan. U yerda ular Jahon chempionati bilan bog‘liq reklama kampaniyasi ustida ishlashgan. Suhbat davomida klubni sotib olish va loyihani rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Fyuri va Ibragimovich jamoani sotib olishdan tashqari, Netflix platformasida «Morkamning yuksalishi» nomli hujjatli serial chiqarishni ham rejalashtirmoqda. Bu loyiha Gollivud yulduzlari Rayan Reynolds va Rob MakElxenni tomonidan sotib olingan «Reksxem»ning muvaffaqiyatini takrorlashi mumkin.

Kiritildi: 23:42, 25.05.2026.
O'qildi: 767 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик