«Liverpul» himoyachisi Endryu Robertsonga «Yuventus» qiziqish bildirmoqda.
Manbalarga ko‘ra, Turin klubi 32 yoshli shotlandiyalik futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha ma’lumot so‘ragan. Joriy yozda Robertson «Liverpul»ni erkin agent sifatida tark etadi.
Futbolchi uchun asosiy da’vogar sifatida «Tottenhem» qolmoqda. London klubi allaqachon o‘yinchi bilan shaxsiy shartnoma borasida og‘zaki kelishuvga erishgan.













