Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Alfonso Devis O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etmaydi

Alfonso Devis O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etmaydi

Baho:
+ | -

Kanada terma jamoasi himoyachisi Alfonso Devis 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadi, biroq birinchi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda kanadaliklar bosh murabbiyi Jessi Marsh ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Devis birinchi o‘yingacha to‘liq tayyor bo‘lishi ehtimoli past.

Futbolchi «PSJ»ga qarshi Chempionlar Ligasi uchrashuvida jarohat olgan. Tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, 25 yoshli himoyachining chap son orqa mushagi shikastlangani aniqlangan.

Marshning aytishicha, «Bavariya» futbolchini Germaniyada amalga oshiriladigan zamonaviy davolash usullari orqali tiklamoqda. Bu usullar esa Shimoliy Amerikada mavjud emas. Shu sababli u Germaniyada qolgan. Klub ham uning Jahon chempionatiga tayyor bo‘lib chiqishini istamoqda.

Shu sababli, Devis 1 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Kanada va O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinida ham ishtirok etmaydi.

Joriy mavsumda Devis 23 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Jahon chempionati 2026 yil 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Kanada guruh bosqichida Bosniya va Gersegovina, Qatar va Shveysariyaga qarshi o‘ynaydi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 12:31, 26.05.2026.
O'qildi: 1697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик