Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gyuler Xabi Alonsodan kelgan maxsus xabar haqida gapirib berdi

Gyuler Xabi Alonsodan kelgan maxsus xabar haqida gapirib berdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler sobiq ustozi Xabi Alonsodan xabar olgani haqida so‘zlab berdi. Aprel oyida turkiyalik futbolchi Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida «Alyans Arena»da «Bavariya»ga qarshi kechgan bahsda «dubl» qayd etib, yorqin o‘yin namoyish qilgandi.

«O‘sha o‘yindan so‘ng Xabi Alonso menga xabar yozdi — u mendan juda faxrlanishini bildirdi. Buni o‘qish men uchun juda yoqimli bo‘ldi», — deya Gyulerning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.

Eslatib o‘tamiz, «qirollik klubi» Myunxenda 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, Chempionlar ligasi bilan xayrlashgandi. Alonso joriy yilning yanvar oyida «Real» bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilgan edi. Uning o‘rnini mavsum yakuniga qadar jamoani boshqargan Alvaro Arbeloa egallagandi.

Kiritildi: 10:09, 27.05.2026.
O'qildi: 469 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик