Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vinisius Endrikning mundial orzusi haqida gapirdi

Vinisius Endrikning mundial orzusi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior o‘z jamoadoshi, yosh iqtidor egasi Endrik bilan bo‘lgan suhbatlarini esladi. 19 yoshli hujumchi mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida «Lion» safida o‘tkazib, o‘zini ko‘rsata oldi va shu sababli terma jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti tomonidan Jahon chempionati uchun qaydnomaga kiritildi.

Vinisiusning aytishicha, yosh hujumchi mundialga borish orzusi bilan uni tinch qo‘ymagan:

«Endrik Jahon chempionatiga chaqirilish-chaqirilmasligi haqida so‘rab, doimiy ravishda asabimga tegardi. U mening bu borada nima deb o‘ylayotganimni bilmoqchi edi. Men esa unga doim: «Xotirjam bo‘l, sen biz bilan bo‘lasan», derdim», — deya Vinisiusning so‘zlarini keltiradi CazeTV.

Ma’lumot uchun, Endrikning transfer huquqlari «Real»ga tegishli. Yosh hujumchi hozirgacha Braziliya terma jamoasi safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 11:16, 27.05.2026.
O'qildi: 282 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик