Madridning «Real» klubi prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme Yurgen Kloppning bosh murabbiy sifatida taklif etilishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Avvalroq Florentino Peresning 37 yoshli raqibi Joze Mourinyo nomzodiga qarshi chiqqan edi.
«Klopp mening tanlovimmi? Biz dunyoning eng yaxshi murabbiylarini, ushbu ish uchun kerakli fazilatlar va tajribaga ega shaxslarni ko‘rib chiqmoqdamiz. Albatta, «Real»da Klopp kabi saviyadagi mutaxassisni ko‘rishni istardim, ammo hozir uni taklif qilish rejalarim haqida aniq bir narsa deya olmayman. Yaqin orada hammasi oydinlashadi», — deya Rikelmedan iqtibos keltirmoqda Madrid Zone.
Eslatib o‘tamiz, «Qirollik klubi» rahbarini saylash jarayoni 7 iyun kuniga belgilangan.













