Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal» 90 million yevrodan qimmatroq futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Arsenal» 90 million yevrodan qimmatroq futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Arsenal» hujumkor yarim himoyachi Morgan Rojersni sotib olishga jiddiy da’vogarlik qilmoqda. London klubi ushbu futbolchini qo‘lga kiritishi uchun katta mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keladi — «Aston Villa» Rojersning narxini 80 million funtdan (92 million yevrodan) oshiq deb hisoblamoqda.

Shu bilan birga, jurnalist Ben Jeykobsning ta’kidlashicha, Rojers bu borada xotirjamlik saqlamoqda. U jamoadan ketishga shoshilmayapti va agar kelajagi Jahon chempionati yakuniga qadar hal bo‘lmasa, bu vaziyatni xotirjam qabul qiladi. Shunga qaramay, «Aston Villa» agar munosib taklif tushsa, Morganni mundialgacha sotishga tayyor.

23 yoshli Rojers, shuningdek, «Manchester Yunayted», «Chelsi» va «PSJ» klublarining ham nishonida turibdi.

Kiritildi: 13:13, 28.05.2026.
O'qildi: 591 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик