Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Santos" Braziliya terma jamoasi bilan kelishmovchiliklar fonida Neymarning jarohati bo‘yicha bayonot berdi

"Santos" Braziliya terma jamoasi bilan kelishmovchiliklar fonida Neymarning jarohati bo‘yicha bayonot berdi

Baho:
+ | -

"Santos" klubi JCH-2026 da ishtirok etish uchun Braziliya terma jamoasiga chaqirilgan hujumchi Neymarning sog‘lig‘i borasida rasmiy bayonot berdi. Avvalroq klub futbolchida shish borligini ma’lum qilgan bo‘lsa, terma jamoa shifokorlari jarohat jiddiyroq ekanini aniqlagan. Shu sababli Neymar mundialdagi ilk o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.

"Neymarning klinik holati yuzasidan "Santos" FK tibbiyot bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Neymarga o‘tkazilgan barcha tekshiruv natijalari 18-sana — terma jamoaga chaqiruv sanasiga qadar Braziliya futbol konfederasiyasiga (CBF) topshirilgan. Ikki haftalik tiklanish davri 17-sanadan boshlanib, shu yakshanba (31 may) kuni yakunlanadi va shundan so‘ng futbolchi mashg‘ulotlarga qaytishi mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, bu muddatlar jamoa ehtiyojlari va o‘yinlarning ahamiyatidan kelib chiqib, har bir inson uchun turlicha bo‘lishi mumkin. Braziliya terma jamoasi fizioterapiya guruhi tarkibida "Santos" FK mutaxassislari ham bor. Ular Neymarni 10 yildan ortiq vaqt davomida kuzatib kelishmoqda va tiklanish jarayonining butun muddati davomida shunday davom ettirishadi. Klub tibbiyot bo‘limi CBF tibbiy guruhi tomonidan belgilangan davolanish rejasiga rozi. "Santos" mutaxassislari futbolchining tiklanish qobiliyatini yaxshi biladilar va Neymar Jahon chempionatida ishtirok etishga tayyor bo‘lishiga ishonadilar", — deya bayonotdan iqtibos keltiradi Globo.

Kiritildi: 22:41, 28.05.2026.
O'qildi: 798 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик