Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Irlandiya va Qatar o‘rtasidagi o‘yin muxlislar noroziligi sababli to‘xtatildi

Irlandiya va Qatar o‘rtasidagi o‘yin muxlislar noroziligi sababli to‘xtatildi

Baho:
+ | -

Dublinda 28 may kuni bo‘lib o‘tgan Irlandiya va Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi muxlislarning norozilik namoyishlari sababli ikki marta to‘xtatildi. Bu haqda «BBC» xabar berdi.

O‘yinning 10-daqiqasida stadion maydoniga Falastin bayrog‘i tushirilgan tennis to‘plari uloqtirildi. 20-daqiqadan so‘ng to‘plar yana maydonda paydo bo‘lgach, futbolchilar bu tanaffusdan suv ichish va hordiq chiqarish uchun foydalanishdi.

Natijada, norozilik bildirgan muxlislar stadiondan chiqarib yuborildi. O‘yin mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Irlandiya terma jamoasi Millatlar ligasining «B» guruhi doirasida Isroil bilan 27 sentyabr kuni betaraf maydonda, 4 oktyabr kuni esa Dublinda o‘ynashi kerak. Yaqin Sharqdagi davom etayotgan mojaro tufayli Irlandiyada ushbu o‘yinlarni boykot qilish borasidagi talablar kuchaymoqda.

Irlandiya futbol assosiasiyasi o‘yinlar bo‘lib o‘tishini tasdiqladi. Assosiasiya bosh direktori Devid Kurellning ta’kidlashicha, tashkilotda boshqa tanlov bo‘lmagan va o‘yinlardan voz kechilgan taqdirda «jiddiy oqibatlarga» duch kelish ehtimoli yuqori edi.

Kiritildi: 09:56, 29.05.2026.
O'qildi: 1226 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик