Fransiyaning «L’Equipe» nashri jurnalistlari Chempionlar ligasi finalida «PSJ»ning «Arsenal»ga qarshi o‘yini uchun taxminiy tarkibni e’lon qilishdi. Unga ko‘ra, rossiyalik darvozabon Matvey Safonov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.
Ekspertlar fikricha, Parij klubi murabbiylar shtabi hal qiluvchi bahsga quyidagi futbolchilarni maydonga tushiradi:
-
Darvozabon: Safonov
-
Himoyachilar: Hakimiy (yoki Zair-Emeri), Markinyos, Pacho, Mendesh
-
Yarim himoyachilar: Nevesh, Vitinya, Ruis
-
Hujumchilar: Due, Dembele, Xvicha
UEFA Chempionlar ligasining final uchrashuvi ertaga, 30 may, shanba kuni, Budapesht stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Matvey Safonov fransiyalik jamoa safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 27 ta gol o‘tkazib yubordi. Rossiyalik posbon 12 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.













