Kirish Ro'yxatdan o'tish

Alan Shirer Gordonning «Barselona»ga o‘tishiga munosabat bildirdi

Alan Shirer Gordonning «Barselona»ga o‘tishiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Angliyalik afsonaviy sobiq futbolchi Alan Shirer Entoni Gordonning «Barselona»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi. Futbolchi yaqin vaqt ichida «Nyukasl»ni tark etib, Ispaniyaga yo‘l oladi. Turli manbalarga ko‘ra, transfer summasi 70-80 million yevroni tashkil qiladi.

Shirer «Barselona»ning ushbu transferi uni hayratda qoldirganini tan oldi. U kataloniyaliklar Gordonni sotib olish uchun pul topa olishiga ishonmagan edi. Ekspert Entonini Myunxenning «Bavariya»si safida ko‘rishni kutgandi. Endi esa «Barselona»da boshqa bir britaniyalik futbolchi – Markus Reshford bilan bog‘liq savol tug‘ilmoqda.

«Barselona» meni hayratda qoldirdi! Chunki men ularda bunchalik mablag‘ borligiga ishonmagandim. Ehtimol, ular o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalanishgan va endi ularda xarajat qilish uchun pul bordir. Garchi butun summani darhol to‘lash shart bo‘lmasa-da, uni shartnoma muddati davomida bo‘lib to‘lash mumkin.

Men Gordon «Bavariya»ga o‘tadi deb o‘ylagandim. Endi ular «Barselona»da Reshford bilan nima qilishadi? Bu boshqa masala, Markus va Gordonni jamoada birga olib qola olish-olmasliklarini bilmayman», — dedi Shirer.

Kiritildi: 13:41, 29.05.2026.
O'qildi: 852 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик