Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

"Milan"ga zo‘r murabbiy kelishi mumkin

"Milan"ga zo‘r murabbiy kelishi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

«Kristal Pelas»ni tark etgan bosh murabbiy Oliver Glasner «Milan»dagi murabbiylik lavozimiga nomzodga aylandi. «Rossoneri»lar Massimiliano Allegri bilan xayrlashgandan so‘ng yangi ustoz qidirmoqda.

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, Italiya klubi rahbariyati Glasnerni tayinlash haqida jiddiy o‘ylab qolgan. Avstriyalik mutaxassisga, shuningdek, Leverkuzenning «Bayer» klubi ham da’vogarlik qilmoqda. Bundan oldin «Milan»ning Andoni Iraola, Maurisio Pochettino va Xavi Ernandesga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jamoa A Seriya turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab, Championlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. Oliver Glasner esa «burgutlar» boshqaruvidagi o‘zining so‘nggi uchrashuvida «Kristal Pelas»ni Konferensiyalar ligasi g‘olibligiga boshlab kelgan edi.

Kiritildi: 10:42, 30.05.2026.
O'qildi: 648 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик