«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele Chempionlar ligasi finalida «Arsenal» ustidan qozonilgan g‘alaba (1:1, penaltilar seriyasida 4:3) haqida fikr bildirdi va o‘yin oxirida nega almashtirilganiga izoh berdi. Hujumchi uchrashuvning 90+6-daqiqasida maydondan olingan edi.
«Bu ajoyib, unutilmas oqshom. Biz ketma-ket ikkinchi bor g‘olib chiqish uchun bu mavsumda tinimsiz ishladik. Bu juda ajoyib his, biz bu lahzalardan zavqlanamiz. butun mavsum qiyin kechdi, biz ko‘p to‘siqlarni yengib o‘tishimizga to‘g‘ri keldi. Ammo yakunda biz baribir Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldik va barchamiz juda baxtiyormiz.
O‘yin oxirida menda tortishish boshlandi! 80-daqiqadan boshlab o‘yin juda shiddatli tus olgandi. O‘ylaymanki, butun jamoada mushaklar tortishishi kuzatildi», — deya Dembelening so‘zlaridan iqtibos keltiradi Planete PSG.
«PSJ» Chempionlar ligasida ketma-ket ikki mavsum g‘olib chiqqan tarixdagi ikkinchi klubga aylandi.













