"Al-Hilol" hujumchi Darvin Nunyesni "Barselona"ga qo‘yib yuborishga tayyor. Saudiya klubida endi urugvaylik futbolchiga ishonmayapti.
Mundo Deportivo nashri ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining xizmatlari himoyachi Joau Kanselu bo‘yicha olib borilgan muzokaralar chog‘ida "Barselona"ga taklif qilingan.
Hozircha "Liverpul"ning sobiq futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga kataloniyaliklar qiziqish bildirayotgani noma’lum. Nunyes Karim Benzema jamoaga kelganidan so‘ng "Al-Hilol" tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi.
Darvinning joriy bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan 25 million yevroga baholanmoqda. Iyun oyida futbolchi 27 yoshga to‘ladi.













