Ouen Xargrivz Chempionlar ligasi finalida «Arsenal» yarim himoyachisi Eberechi Ezening penaltilar seriyasidagi xatosi haqida o‘z fikrini bildirdi.
U penalti ijro etishda tanlangan uslubni ma’qullamasligini aytdi.
«Men bunday ijroni qo‘llab-quvvatlamayman. Bunday hal qiluvchi pallada bu juda tavakkalchilik. Futbolchi bu qarorga qanday kelganini tushunish qiyin», — dedi Xargrivz finaldan so‘ng.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» penaltilar seriyasida «PSJ»ga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.













